Qrimlik mijozlar 13-fevralgacha Amerikaning eng yirik internet-do‘koni Amazon’dagi akkauntlarini o‘chirishi kerak, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” foydalanuvchilarga jo‘natilgan xatga tayanib.
Agar akkauntlarni o‘z xohishlari bilan o‘chirishmasa, kompaniya ularni majburiy ravishda o‘chirishiga to‘g‘ri keladi, deyiladi xatda.
“Yaqinda AQSh hukumati tomonidan e’lon qilingan, Qrimga eksport yoki xizmat yetkazilishini taqiqlovchi iqtisodiy sanksiyalar tufayli Amazon internet-servislaridagi barcha resurslaringizni o‘chirib, o‘z akkauntingizni yopishingiz kerak”, — deyiladi kompaniya xatida.
Izoh (0)