Rossiya atrofida yuzaga kelayotgan harbiy-siyosiy vaziyat munosabati bilan mudofaa vazirligi strategik yo‘nalishlarda qo‘shinlar va kuchlar guruhlarini kuchaytiradi. Bu haqda harbiy idora rahbari Sergey Shoyguga tayanib, Interfax xabar berdi.
Tegishli o‘zgartirishlar o‘tgan yilning dekabrida idora rahbari tomonidan tasdiqlangan 2015-yil uchun mudofaa vazirligi faoliyati rejasiga kiritildi.
Shoygu so‘zlariga ko‘ra, “Qurolli kuchlarni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash ko‘rsatkichlari aniqlandi, harbiy shaharchalar va harbiy maqsaddagi obyektlar qurilishining borishiga tuzatish kiritildi”.
Izoh (0)