AQShning Massachusets shtati Boston shahri hukumati 29-yanvar, payshanba kuni AQSh davlat kotibi Jon Kerriga ko‘chada uning uyi yonidagi qor tozalanmagani uchun jarima soldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
So‘nggi kunlarda Bostonga kuchli qor bo‘roni yog‘ildi, deyarli 500 mm yog‘in tushdi. Shahar meri Martin Uolsh kim uyi yonidagi qor uyumini tozalamasa, uni jarimaga tortishni va’da qildi. Bunday qoidabuzarlik bo‘yicha Kerri qo‘lga tushdi, shahar markazi yaqinidagi 1899-yilda qurilgan besh qavatli g‘isht uy unga tegishlidir. Uyning narxi 11,5 million dollardan oshadi.
Qorbo‘ron vaqtida Kerri Saudiya Arabistonida bo‘lgan. Uning rasmiy vakili davlat kotibi jarimani yaqin vaqt ichida to‘lashini ma’lum qildi.
Izoh (0)