KXDR tashqi ishlar vazirligi vakili AQSh va Germaniyadan Berlin kinofestivalida “xalq respublikasi oliy rahbariyati qadr-qimmatini yerga uruvchi” shov-shuvli “Intervyu” filmini namoyish etmaslikni talab qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Diplomat so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda AQSh “KXDRni bo‘g‘ib qo‘yish uchun” siyosiy, harbiy va iqtisodiy bosim o‘tkazishning barcha vositalaridan, jumladan sanksiyalardan foydalanmoqda. “Buni Pxenyan suveren davlatga nisbatan ochiqdan-ochiq terrorizm va urush akti deb hisoblaydi”, — deya ta’kidladi TIV vakili.
U KXDR xalqi va armiyasi “AQShni hamda mamlakat oliy rahbariyatini haqorat qilishga jur’at etgan boshqa g‘anim kuchlarni shafqatsiz jazolash uchun qat’iyatga to‘la” ekanligini aytdi.
Izoh (0)