Indoneziya hukumati AirAsia aviakompaniyasi samolyotining Yavan dengizida halokatga uchragani haqidagi ekspertlar dastlabki hisobotini ma’lum qilishdan bosh tortmoqchi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ushbu tergovlar Fuqarolar aviatsiyasi xalqaro tashkilotida tahlil etiladi. Tashkilot talablariga ko‘ra, ma’ruza halokatdan so‘ng 30 kun ichida uning ixtiyoriga berilishi kerak.
Nashrning eslatishicha, samolyot 28-dekabr kuni Indoneziya qirg‘oqlariga qulagan. Bortda 162 kishi bo‘lgan.
Izoh (0)