Indoneziya prezidenti Joko Vidodo oliy jazoga mahkum etilgan narkokuryerlarni afv etishdan bosh tortdi, deya xabar bermoqda “TASS”. Mahkumlar orasida boshqa davlatlar fuqarolari ham bor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi mamlakatlar yetakchilari hukmni yumshatish borasida u bilan suhbatlashgan. Biroq davlat rahbari “qatlni kutayotgan 60 mahbus, jumladan chet elliklar uchun hukmni bekor qilmoqchi emas”.
Prezident fikricha, so‘nggi yillarda Indoneziyada narkotiklar tarqalishi tufayli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan. Ayni paytda, uning aytishicha, mamlakatda 4,5 millionga yaqin giyohvand kishilar bor, har kuni narkotiklar iste’mol qilishdan 50 kishi vafot etadi.
Izoh (0)