AQSh prezidenti Barak Obama hozircha may oyida Moskvaga G‘alaba kunini nishonlash uchun kelishni rejalashtirmayapti. Bu haqda AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Tefft jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Bu borada hech narsa eshitganim yo‘q. Bilishimcha, hech qanday rejalar yo‘q”, — dedi u.
Ehtimoliy tashrif uchun qandaydir texnik tayyorgarliklar olib borilayotgani yoki olib borilmayotgani haqidagi savolga javoban, diplomat ta’kidladi: “Bilishimcha, bu borada hech qanday rejalar yo‘q”.
Izoh (0)