Turkiya politsiyasi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning suhbatlarini noqonuniy tinglaganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni hibsga olish bo‘yicha reydlar o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
Qo‘lga olinganlar telekompaniyalar va ilmiy muassasalarning yuqori mansabdor shaxslari bo‘lgan. Prokuratura Istanbul, Anqara va boshqa provinsiyalarda jami 28 kishini hibsga olish uchun order bergan.
Tergov ishlari Erdo‘g‘onning korrupsiyada ayblanishi bo‘yicha mojaro oshkor bo‘lgach, boshlangan edi. Tergov ma’lumotlari Erdo‘g‘on va uning safdoshlari tinglanishi bilan bog‘liq materiallarga ham asoslangan edi.
Izoh (0)