Buyuk Britaniyaning eng keksa fuqarosi Etel Lang 114 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
1900-yilda shaxtyor oilasida tug‘ilgan Etel Lang o‘z umri davomida olti nafar Britaniya monarxlari va 22 nafar bosh vazirni ko‘rdi. U 2013-yilda londonlik 113 yoshli Greys Jons vafotidan so‘ng mamlakatdagi eng keksa fuqaroga aylangan edi.
Etel 13 yoshida maktabni tark etib, Barnsli shahridagi ko‘ylak ishlab chiqarish zavodiga ishga kirgan. 1922-yilda turmushga chiqqan va bir qizli bo‘lgan. 1988-yilda eridan beva qolgach, Lang xonim 103 yoshigacha yolg‘iz yashagan. Hayotining so‘nggi yillarini u qariyalar uyida o‘tkazgan. Uning qizi hozirda 89 yoshda.
Uzoq umr ko‘rgan ushbu ayol hech qachon chekmagan, spirtli ichimliklarni kamdan-kam iste’mol qilgan. U doimo sog‘lom ovqatlanish tarafdori bo‘lgan. Bundan tashqari, uning ajdodlari ham uzoq umr ko‘rib kelgan.
Izoh (0)