Bishkek ISESKO (Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti) loyihasi doirasida islom madaniyati poytaxti nomini Olma-Otaga topshirdi. Bu haqda Qirg‘iziston Madaniyat, axborot va turizm vazirligiga tayanib, “24.kg” xabar berdi.
15-yanvar kuni Qirg‘iz milliy filarmoniyasida “Bishkek — islom madaniyati poytaxti” loyihasining rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bishkek 2014-yilda islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingan edi.
ISESKO vakili Alibobo Boboyev Qirg‘iziston madaniyat vaziri Oltinbek Maqsudov bilan birga qozog‘istonlik hamkasblariga islom madaniyati poytaxti kalitini topshirdi.
Izoh (0)