Fransiyada bir kechaning o‘zida Parijdagi terroristik hujumlarni tergov qilish ishlari doirasida o‘n kishi qo‘lga olindi. Bu haqda huquqni himoya qilish organlaridagi manbasiga tayanib Agence France-Presse xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Hibsga olish Parij tashqarisida sodir bo‘lgan.
Avvalroq Fransiyada ketma-ket teraktlardan so‘ng terrorizmga aloqadorlik bo‘yicha 50 dan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atilgani xabar berilgan edi. Bunday statistikani Fransiya adliya vazirligi taqdim etgan.
Izoh (0)