Vatan himoyachilari kuni arafasida Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar va ularning ota-onalari o‘rtasida telemuloqot tashkil etildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasiga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
Xususan, “Qashqadaryo” studiyasida jam bo‘lgan ota-onalar Farg‘onada o‘z yigitlik burchini o‘tayotgan farzandlari bilan, Qashqadaryodagi askarlar esa vodiydagi oila a’zolari bilan ekran orqali diydorlashib, suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Shu kuni ko‘plab ota-onalar, harbiy xizmatchilar o‘zaro diydorlashib, bir-birini bayram bilan qutladi. Shuningdek, telemuloqotda qashqadaryolik xonandalar ijrosida yangragan “Askar maktubi”, “Farzandim — jigarbandim” kabi qo‘shiq va sho‘x taronalar tadbirga yanada fayz kiritdi, deyiladi gazeta xabarida.
Izoh (0)