Hindiston maxsus xizmatlari AQSh prezidenti Barak Obamaning 25−27-yanvar kunlari amalga oshiradigan tashrifi oldidan yirik shaharlarda teraktlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
16-armiya korpusi qo‘mondoni general-leytenant Karan Singxning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar eng zaif nuqtalar, jumladan maktablar, savdo markazlariga hujum uyushtirmoqchi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston buning uchun eng radikal guruhlarni yo‘naltirishi mumkin. Bundan tashqari, Hindiston va Pokiston chegarasidagi Pir Panjal viloyatidagi 36 ta nuqtada 200 dan ortiq terrorchi Hindistonga o‘tishni kutib turgani ma’lum qilingan.
Shuningdek, avvalroq Jammu va Kashmir shtatidagi chegaradan Pokiston armiyasi yordamida bir necha terrorchilar o‘tib olganini ma’lum qilgan Singx Hindiston armiyasi har qanday voqealar rivojiga tayyorligini ta’kidlagan.
Izoh (0)