Bosma va internet OAV jurnalistlari, blogerlar o‘rtasida “E’tirof” tanloviga start berildi. Bu haqda “Nigoh.uz”ga asoslanib “Xushnudbek.uz” xabar berdi.
O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi matbuot va internet nashrlarda jamiyat hayotida kechayotgan jarayonlar tezkor, xolis va haqqoniy, tahliliy jihatdan yuksak saviyada yoritilgan materiallar ko‘lamini oshirish, bosma nashrlarni shaklan va mazmunan takomillashtirish, jamiyat yangilanishidagi jarayonlarni yoritish, dunyo axborot maydonida o‘z o‘rnini egallashi, raqobatbardosh bo‘lishi, OAV nufuzini oshirish va jurnalistlarning kasbiy mahorati o‘sishiga ko‘maklashish, nashrlar o‘rtasida professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish, iqtidorli mualliflarni rag‘batlantirish maqsadida gazeta, jurnallar, internet agentliklari va nashrlari jurnalistlari, shuningdek blogerlar o‘rtasida “E’tirof” tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi moliyaviy ko‘magida o‘tkaziladi.
Tanlov nominatsiyalari:
- eng yaxshi bosma OAV jurnalisti
- eng yaxshi yil fotosuratchisi
- yil debyuti (ilk bor o‘zini tanitgan)
- eng yaxshi tarmoq OAV jurnalisti
- eng yaxshi yil blogeri
- eng yaxshi hududiy gazeta
- mavzuning jamiyatda ahamiyatga molikligi, dolzarbligi va material mazmuni;
- yoritishdagi mahorat;
- materialni taqdim etish shakllarining yangiligi, o‘ziga xosligi va ifodaliligi.
Ijodiy ishlarga muallif to‘g‘risida (familiyasi, ismi, professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot, pasport nusxasi) ma’lumotlar ilova qilinadi.
Tanlovda qatnashish istagini bildirgan tahririyatlar fond direksiyasiga yozma ravishda murojaat qilishlari lozim.
Tanlov g‘oliblari “O‘zbekiston Matbuoti” III Milliy forumida e’lon qilinadi. Tanlovda qatnashish uchun arizalar 2015-yil 4-fevraligacha quyidagi manzilda qabul qilinadi.
Izoh (0)