UMS kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha Abonentlarga xizmat ko‘rsatish markazlarida yetti kunlik ish grafigini tashkil etishga qaror qildi, deya xabar bermoqda kompaniya rasmiy sayti.
Bu 2015-yilda Sotuv ofislarini rivojlantirish bo‘yicha strategiyani amalga oshirish doirasida joriy etiladi.
Ushbu tadbir taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va abonentlar ulanishini tezlashtirish imkonini beradi.
Endi UMS MChJning Abonentlarga xizmat ko‘rsatish markazlari O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligida ko‘zda tutilgan rasmiy bayramlardan tashqari har kuni 9:00 dan 18:00 gacha tanaffus va dam olish kunlarisiz ishlaydi.
Izoh (0)