O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga o‘zlarining oddiy pasportlari bilan kirishda davom etadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining Toshkentdagi elchixonasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
1-yanvardan joriy qilingan MDH mamlakatlari (Bojxona ittifoqi va Yagona iqtisodiy makonga kiruvchi davlatlardan tashqari) fuqarolarida Rossiyaga kirish uchun chet el pasporti bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi talab ba’zi internet-OAVlar tomonidan noto‘g‘ri sharhlangan edi.
Rossiya elchixonasidagilarning aniqlik kiritishicha, O‘zbekiston fuqarosi pasporti mamlakat ichida va uning tashqarisida harakatlanish uchun amal qiladi, shu tufayli yangi talab O‘zbekiston fuqarolari uchun kuchga ega emas.
Nashrning eslatishicha, O‘zbekiston fuqarolari chet elga, jumladan Rossiya va MDHning boshqa davlatlariga faqat biometrik pasport bo‘yicha chiqishi mumkin.
Izoh (0)