Davlat Bojxona Qo‘mitasining ikkita yangi: “Yuklarni chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bo’yicha vaqtinchalik ruxsatnoma olish uchun elektron ariza yuborish” va “Reeksportga mo’ljallangan yuklarni joylashtirish bo’yicha Bojxona ruxsatnomasini olish uchun elektron ariza yuborish” interaktiv xizmatlari Yagona portalga joriy etildi. Bu haqda portal matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur interaktiv xizmatlar orqali Yagona portaldan ro‘yxatdan o‘tgan, mahsulotlarini eksport-import qilish huquqiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari onlayn so‘rovnomani to‘ldirish, zaruriy hujjatlarni elektron shaklda ilova qilish orqali, Elektron raqamli imzolaridan foydalangan holda yuklarini vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) hamda bojxona reeksport rejimida joylashtirish ruxsatnomasini olish uchun elektron ariza yo‘llashlari mumkin.
Mazkur xizmat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164 sonli “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini ta’minlash doirasida joriy etildi.
Izoh (0)