O‘zbekistonda Hey! savdo belgisi ostida sharbat ishlab chiqaruvchi kompaniya e’lon qilgan tanlov o‘z nihoyasiga yetdi. 30-dekabr kuni Toshkentda g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Avvalroq e’lon qilingan tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar Hey! sharbati bilan suratga tushib, uni Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlariga joylashi kerak edi. Eng ko‘p “layk” yig‘gan foydalanuvchilar tanlovning final bosqichiga taklif etildi.
Finalda ishtirok etish uchun 11 kishi tanlab olindi. Uchta o‘rin sovrindorlari esa qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlandi.
Uchinchi o‘rin toshkentlik Islom Haydarovga nasib etdi: unga 36 litr Hey! sharbatlari taqdim etildi. Ikkinchi o‘ringa Agabrilyants niki ostidagi Instagram foydalanuvchisi (Toshkent) sazovor bo‘ldi va 84 litr sharbatga ega bo‘ldi. Va nihoyat, tanlovning oliy sovg‘asi — iPhone 6 smartfoni ham toshkentlik Ilya Baranovga nasib etdi.
Final bayramona kayfiyatda, Yangi yil shukuhi ostida bo‘lib o‘tdi. Qur’a tashlash jarayoni xolisona tarzda o‘tdi, unda tomoshabinlar bevosita ishtirok etdi.
Izoh (0)