2-yanvar kuni Facebook’dagi Potrebitel.uz guruhi a’zolaridan biri Toshkentning Yunusobod tumanidagi ko‘chalardan birida plastik kartochka topib olgani haqida post qoldirdi. Unga egasining ismi tushirilgan kartochka rasmini ilova qildi va foydalanuvchilardan bu odamni topishda yordam berishni so‘radi.
Guruhning boshqa a’zolari yordamga shoshildi. Xabar yozilganidan ikki soat o‘tar-o‘tmas, muallifning o‘zi kartochkaning egasi topilganini ma’lum qildi. “Uraa, topildi! Qo‘ng‘iroqlashdik, unga kartochkani qayerdan olib ketishni tushuntirdim. Har ehtimolga qarshi shaxsni tasdiqlovchi hujjat keltirishni ham so‘radim”, — deb yozdi u.
Xabar muallifi o‘z tashabbusi uchun foydalanuvchilar olqishlariga sazovor bo‘ldi
Izoh (0)