• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Diniy-ma’rifiy mavzudagi eng yaxshi ijodiy ishlarning “Sarhisob” tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi

    2014-yil 30-dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida ommaviy axborot vositalariorqali diniy-ma’rifiy mavzularni yoritishda faollik ko‘rsatgan bir guruh ijodkorlarni taqdirlash bo‘yicha “Sarhisob” tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Matbuot xizmati.

    Foto: religions.uz

    Foto: religions.uz

    Tanlov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Usmonxon Alimov tabrik so‘zi bilan ishtirok etdilar.

    “Sarhisob” tanlovini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda buyuk alloma ajdodlarimiz merosini o‘rganish, milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash, dinlararo bag‘rikenglik va hamkorlik g‘oyalarini ommalashtirish, xalqimiz, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, ushbu yo‘nalishda faol qatnashayotgan ijodkorlarni munosib rag‘batlantirishdan iborat.

    Mustaqillik yillari xalqimizning emin-erkin, xotirjam ibodat qilishi, dinimiz arkonlarini to‘liq ado etishi uchun barcha qulay sharoitlar yaratildi. Istibdod davrida qarovsiz qolgan, necha yillar davomida nurab, yo‘qlikka yuz tutib borgan yuzlab masjid va madrasalar, ziyoratgoh va qadamjolar istiqlol sharofati ila ta’mirlanib, havas qilsa arzigulik holatga keltirildi. Samarqanddagi Imom Buxoriy, Imom Moturidiy ziyoratgohlari, Buxorodagi Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Masjidi kalon majmualari, Surxondaryodagi Hakim Termiziy, Imom Termiziy, Xivadagi Ichan qal’a, Qarshi shahridagi Ko‘kgumbaz, Xo‘jai Jarroh kabi o‘nlab obidalar dunyo xazinasining noyob durdonlari safiga qo‘shildi. Eng asosiysi, bu mo‘tabar manzillar oddiy bir ziyoratgoh emas, balki xalqimiz uchun ma’naviy-ruhiy tarbiyaning ta’sirchan markazlari vazifasini o‘tamoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik va taraqqiyotga daxldor ishlarni aholi orasida keng targ‘ib etish, ularda bugungi tinch va osuda hayot uchun shukronalik tuyg‘usini mustahkamlashda ommaviy axborot vositalarning o‘ziga xos o‘rni bor.

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ushbu yo‘nalishda olib borayotgan keng qamrovli faoliyati alohida e’tiborga loyiq. Diniy-ma’rifiy mavzudagi eng yaxshi ijodiy ishlarning “Sarhisob” tanlovi esa bu boradagi ishlarning o‘ziga xos in’ikosidir.

    Ta’kidlash joizki, so‘nggi vaqtda dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar din niqobi ostida soxta g‘oyalarni tarqatish, odamlarni buzg‘unchilik va qo‘poruvchilikka chorlash, shu orqali tinchlik va osoyishtalikka rahna solishni maqsad qilgan turli adashgan guruh va oqimlar faoliyatining kuchayganini ko‘rsatmoqda. Ular o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, Internet orqali odamlar ongi va dunyoqarashini zaharlashga, musaffo e’tiqodimiz asoslarini buzib talqin qilishga harakat qilmoqdalar. Ana shunday sharoitda aholi, ayniqsa, yoshlarda din haqida to‘g‘ri tasavvurni shakllantirish, ularni ajdodlarimiz qoldirgan noyob ma’naviy meros namunalaridan bahramand etish alohida ahamiyatga ega.

    Tadbirda televideniye, radio, matbuot va Internet yo‘nalishlarida eng yaxshi deb topilgan ijodiy ishlarning mualliflari hamda ushbu yo‘nalishda alohida namuna ko‘rsatgan targ‘ibotchilar maxsus diplom va tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandilar.

    Yilning eng faol targ‘ibotchisi yo‘nalishi g‘oliblari:

    I o‘rin – Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar Tursunov.II o‘rin – Andijon viloyati “Burhoniddin Marg‘iloniy” masjidi imom-xatibi Abdulahad Tojiboyev.III o‘rin – Toshkent shahar “To‘xtaboy” masjidi imom-xatibi, Toshkent islom instituti o‘qituvchisi Isoqjon Begmatov.

    Yilning eng faol targ‘ibotchisi yo‘nalishi bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mukofotlar:

    1. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyati vakili Tursunali Erbo‘tayev.2. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakiliDavron Abduqodirov.3. Toshkent shahar «Hazrat Ali» masjidi imom-xatibi Salohiddin Sharipov.

    Televideniye yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi ijodiy ishlar:

    I o‘rin – Toshkent islom universiteti “Ziyo” studiyasi.II o‘rin – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Madaniy-ma’rifiy va badiiy dam olish dasturlari bosh muharririyati (“Hidoyat sari” ko‘rsatuvi).III o‘rin – Samarqand viloyati «Imom Buxoriy» masjidi imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov.

    Televideniye yo‘nalishi bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mukofotlar:

    1. “Yoshlar” teleradiokanali bosh muharriri Kamola Adilova.2. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati vakili Nuriddin Xoliqnazarov.

    Radio yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi ijodiy ishlar:

    I o‘rin – O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili Shamshetdin Bauatdinov.II o‘rin – “Ziyo chashmasi” radio eshittirishlari rejisseri Shohruh Hojiboyev.III o‘rin – Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Muhammadbobur Yo‘ldoshev.

    Radio yo‘nalishi bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mukofotlar:

    1. “Oriat dono” radiosi xodimi Bobur Akmalov.2. Toshkent islom universiteti talabasi Davron Nurmuhamedov.

    Matbuot yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi ijodiy ishlar:

    I o‘rin – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Aydarbek Tulepov.II o‘rin – Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy kotibi Komiljon Shermuhamedov.III o‘rin – Qashqadaryo viloyati “Batosh” masjidi imom-xatibi Abdulaziz Maxsimov.

    Matbuot yo‘nalishi bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mukofotlar:

    1. “Farg‘ona haqiqati” gazetasi xodimi Ma’mura Abduraximova.2. Fizika-matematika fanlari doktori, professor Mansurxon Toirov.

    Internet yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi ijodiy ishlar:

    I o‘rin – Novza.uz Internet manzili muharriri Toshkent islom instituti “Tahfizul Qur’on” kafedrasi mudiri Jaloliddin Hamroqulov.II o‘rin – Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti direktori o‘rinbosari Farida Abzalova.III o‘rin – “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi Abduqodir Pardayev.

    Internet yo‘nalishi bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mukofotlar:

    1. Ziyo.uz Internet manzili muharriri Xurshida Abdullayeva.2. O‘zbekiston musulmonlari idorasi bo‘lim boshlig‘i Muhammadnazar Qayumov.

    G‘oliblar tanlov tashkilotchilariga o‘z minnatdorliklarini izhor etib, ushbu yuksak baho ularni diniy-ma’rifiy sohadagi ijodiy ishlarini yanada faollashtirishga undashini ta’kidladilar.

    Tadbir doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Movarounnahr” va Toshkent islom universiteti nashriyoti tomonidan chop etilgan nashrlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

    01.01.2015, 14:08   Izoh (0)   7110
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Agrobank”ning “Farovonlik” lotereyasi natijalari bilan tanishing

    31.12.2014, 13:20

    Facebook foydalanuvchisi Toshkentdagi chuqurni g‘isht bo‘laklari bilan ko‘mib qo‘ydi

    30.12.2014, 17:58

    Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz “Daryochilar”!

    30.12.2014, 17:23

    Yoshi ulug‘ shaharlarimiz: ular qanchalik qadimiy?

    30.12.2014, 15:33

    2015-yilda O‘zbekistonda avtomobillar uchun tormoz kolodkalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

    29.12.2014, 14:02

    Uzcard to‘lov tizimining yangi logotipi tasdiqlandi

    29.12.2014, 11:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.