Facebook'dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zosi Toshkent (Shimoliy) vokzali yonidagi tunnelda hosil bo‘lgan chuqurni g‘isht bo‘laklari bilan ko‘mib qo‘ydi.
“Ertalab ketayotsam, tunneldan chiqaverishda to‘rt mashinaning g‘ildiragi puchayib yotibdi. Kechqurun ham shu ahvol. Shuning uchun bugun chuqurga bir qop maydalangan g‘isht solib qo‘ydim. Juda bo‘lmasa haydovchilarga chuqur borligi endi yaxshiroq ko‘rinar”, — deb yozadi hayrli ishga qo‘l urgan yigit.
Avtohavaskorning bu ishi olqishlarga sabab bo‘lgan. Post ikki soat ichida 100 dan ortiq “layk”, 20 dan ortiq fikr yiqqan.
Izoh (0)