Kelasi yilda “Jizzax” maxsus industrial zonasida barcha transport turlari uchun tormoz kolodkalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligidagi manbasiga tayanib, “Podrobno.uz” xabar berdi.
Loyiha Xitoyning Fujian Huari Automotive Parts Co., Ltd kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. U loyihaga 3 million dollardan ortiq sarmoya kiritadi.
Korxona ishga tushirilgach, bu yerda yiliga 1,2 mingta kolodka komplektlari va 1,8 tonna nakladka ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)