Uzcard banklararo chakana to‘lov tizimining Banklararo Muvofiqlashtiruvchi Kengashi navbatdagi majlisida to‘lov tizimi logotipining yangi dizayni tasdiqlandi. Bu haqda UzReport xabar berdi.
Yangi logotip O‘zbekiston milliy ramzlariga xos bo‘lgan ranglar majmui asosiga qurilgan. Logotip ko‘k rang fonidagi “Uzcard” yozuvidan iborat. Undagi “U” harfi ikki elementdan iborat, ulardan biri boshqa harflar kabi oq rangda bo‘lsa, ikkinchisi qizil rangda bo‘lib, u plastik karta chipini ifodalaydi.
Fondagi ko‘k rangni to‘lqinsimon oq chiziq kesib o‘tgan, uning pastki qismi esa yashil rangga bo‘yalgan.
Izoh (0)