Filippinda “Jangmi” tropik bo‘roni sabab yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar natijasida 29 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda mahalliy ma’muriyat vakillariga asoslangan Associated Press’ga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu tabiiy ofatdan o‘tgan yilgi “Xayan” to‘fonidan hali tiklanib ulgurmagan viloyat ham zarar ko‘rgan.
Shamoli soatiga 65 kilometr tezlikda harakatlanayotgan va 80 kilometrgacha birdan kuchayayotgan “Jangmi” bo‘roni 29-dekabr, dushanba kuni Mindanao orolining shimoliy qismiga yopirilgan edi. Suv toshqinlari oqibatida yo‘llar va ko‘priklar ishdan chiqqan, minglab aholi esa evakuatsiya markazlariga ko‘chirilgan.
Xabarlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda qutqaruv ishlari boshlangan. Ma’lum bo‘lishicha, Katbalogan shahri yaqinidagi ikki furgon va olti uy ko‘chki ostida qolib ketgan va buning natijasida 12 kishi halok bo‘lgan. Biroq, qayd etilishicha, furgonlardan hali ham ovoz kelmoqda.
Izoh (0)