Kanadaning Porter Airlines aviakompaniyasiga qarashli ikkita samolyot bortida chiqqan tutun tufayli majburiy qo‘nishni amalga oshirishiga to‘g‘ri keldi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Torontodan Vashingtonga uchayotgan birinchi samolyot uchuvchilar kabinasi va salonda tutun chiqqach, AQShning Uilyamsport shahriga qo‘ngan. Qo‘nish muvaffaqiyatli amalga oshirilgan, hech kim jabr ko‘rmagan. Yo‘lovchilar Vashingtonga boshqa samolyotda yetkazilgan.
Ikkinchi samolyot Torontodan Kanadaning Greyter-Sadberi shahriga uchayotganda salonda tutun tarqalgani sababli aeroportga qaytishga majbur bo‘lgan. Hozirda mutaxassislar har ikkala vaziyatda tutun tarqalishi sabablarini o‘rganmoqda.
Izoh (0)