Belitung oroli yaqinida halokatga uchragan Air Asia kompaniyasining samolyoti reysiga 10 kishidan iborat oila kechikkani tufayli chiqa olmagani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Oila boshlig‘i Ari Putro Kanyexoning so‘zlariga ko‘ra, u elektron qutisini tekshirmagani tufayli reys ikki soat oldin uchishi haqidagi xabarni ko‘rmagan, shuningdek, unga bu haqda Air Asia kompaniyasi xodimlari telefon orqali ham ma’lum qilmagan. U yo‘qolgan yo‘lovchilar tezda topilishiga umid bildirgan.
Avvalroq, Indoneziyaning Surabaya shahridan Singapurga yo‘l olgan Malayziyaning Air Asia kompaniyasiga tegishli Airbus 320-200 samolyoti noqulay ob-havo sharoiti tufayli Belitung oroli yaqinida suvga qulab tushgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)