Qrimning elektr ta’minotidagi uzilish muammosi ijobiy hal etildi. Ukraina Qrim respublikasini elektr toki bilan ta’minlashda davom etmoqda. Bu haqda Qrim energetika vaziri Sergey Yegorovning so‘zlariga asoslangan “TASS” axborot agentligiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
“Ukraina Qrimga cheklangan miqdorda elektr energiyasi yetkazib berishda davom etmoqda. ‘Ukrenergo’ tomonidan uzatilayotgan elektr energiyasi hajmi juda kamligi tufayli Qrimda elektr energiyadan foydalanishning tejamkor rejimiga o‘tiladi”, — deb ma’lum qildi Sergey Yegorov.
Uning aytishicha, Qrim bugun ikki soat davomida elektr tokisiz qolgach, Ukraina tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijasida masalaga yechim topilgan.
Izoh (0)