Rossiya Federal migratsiya xizmati Moskva viloyati boshqarmasi vakili Naxobinoda 9 yoshli qizchani garovga olgan toshkentlik yigit Rossiyada qonuniy tarzda bo‘lib turganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Federal migratsiya xizmati ushbu chet el fuqarosi Rossiya Federatsiyasi hududida qonuniy tarzda bo‘lib turganini tasdiqlaydi”, − dedi muassasa vakili.
Eslatib o‘tamiz, 22-dekabr kuni noma’lum shaxs Naxobinodagi uylardan biriga bostirib kirib, 9 yoshli qizchani garovga olgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar qizchani qutqarib, jarohat olgan huquqbuzarni shifoxonaga olib borgan. Qo‘lga olingan shaxs 1992-yilda Toshkentda tug‘ilgani aniqlangan.
Izoh (0)