2014-yilning 18-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda bo‘lib turgan prezident Boris Kandov boshchiligidagi AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi delegatsiyasini qabul qildi, deb xabar berildi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.
Suhbat chog‘ida madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston — AQSh munosabatlari doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdorligi tasdiqlandi.
AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi a’zolari O‘zbekistonga 21-dekabrda bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlarining mahalliy Kengashlariga saylovda kuzatuvchi sifatida kelgan.
Izoh (0)