Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston 2015-yilda Rossiyaga meva va sabzavot mahsulotlari eksportini 400 ming tonnagacha oshirishi mumkin, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi vakiliga tayanib. 2014-yil yakunlari bo‘yicha kutilayotgan ko‘rsatkich esa 250 ming tonnaga teng edi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

O‘zbekiston hukumati o‘tgan hafta 2015-yilda meva va sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning prognozli parametrlarini tasdiqladi. Vazirlik vakilining aytishicha, hujjat doirasida kelasi yilda eksport hajmi 2014-yilga nisbatan 20 foizga — 600 ming tonnagacha ko‘payadi.

“O‘sish avvalambor Rossiyaga meva va sabzavotlar eksportini ko‘paytirish hisobiga sodir bo‘ladi, jami eksport hajmining 80 foizdan ortig‘i Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi”, — dedi vazirlik vakili.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi