O‘zbekiston bosh prokurorining 12-dekabrdagi buyrug‘i bilan Shuhrat Akbarov Jizzax viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda “Huquq” gazetasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Shuhrat Akbarov (1972-yilda tug‘ilgan) 2013-yildan viloyat prokurori vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan. Bungacha 2008-yildan buyon Toshkent viloyatining Ohangaron shahri va Zangiota tumani, shuningdek poytaxtning Yunusobod tumani prokurori lavozimlarida ishlagan.
1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan.
Izoh (0)