AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan imzolangan mamlakatdagi millionlab noqonuniy muhojirlarni qonuniylashtirish to‘g‘risidagi farmonni noqonuniy deb hisoblagan 17 ta shtat rasmiylari federal hukumatni sudga berdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Prezident o‘zining Kongress tomonidan tegishli tartibda qabul qilingan qonunlarning ijrosini kuzatish majburiyatini inkor qilib va immigratsiya qonunlarini qaytadan yozishga urinmoqda. Aslida uning bunday vakolati yo‘q”, − dedi ushbu tashabbus mualliflaridan biri, Texas bosh prokurori Greg Ebbott.
Obama AQSh konstitutsiyasini buzdi deb hisoblayotgan shtatlar hukumatlari sud uning farmonini bloklab qo‘yishini istamoqda. Shuningdek, da’vogarlar “amnistiya” to‘g‘risidagi qaror mamlakat janubiy chegarasidagi gumanitar inqirozni yanada chuqurlashtirishidan xavotirlanmoqda.
Izoh (0)