Favqulodda vaziyat yuzaga kelsa, Koreya yarim oroliga Amerikaning Yaponiyadagi qo‘shinlarini ko‘chirib o‘tkazish haqidagi AQSh qarori KXDRda keskin muhokamaga uchradi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Ushbu xatti-harakati bilan Vashington harbiy aralashuv orqali ikkinchi Koreya urushini boshlash va xalq respublikasini bo‘g‘ib qo‘yish niyatini tasdiqladi”, — deb yozdi “Nodon sinmun” gazetasi.
Gazeta KXDR “Vashingtonda ishlab chiqilgan tajovuzkorlik ssenariysi amalga oshirilgan taqdirda Yaponiyadagi Amerika bazalarini shafqatsiz ravishda yo‘q qilishi” haqida ogohlantirdi. Maqolada ta’kidlanishicha, yarim oroldagi keskinlikning kuchayishi “Yaponiya uchun halokatli oqibatlarni keltirib chiqaradi”.
Izoh (0)