Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Yevroittifoqni Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi, deb yozadi Tvrain.ru. Buning evaziga javob choralaridan voz kechishga va’da berishdi.
TIV rahbari o‘rinbosari Aleksey Meshkov so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi sanksiyalar va qora ro‘yxatlarni bekor qilsa, Rossiya o‘z navbatida qabul qilingan qarshi choralarni bartaraf etadi.
“Biz yevropalik sheriklarimizdan hech narsa kutmayapmiz. Biz ularning mantiqsiz sanksiya spiralidan chiqib, sanksiya va qora ro‘yxatlarni bekor qilishi va bizning o‘z ro‘yxatlarimizni bekor qilishimizga imkon yaratishidan umidvormiz xolos”, — dedi Meshkov.
Izoh (0)