Turkiyaning Istanbul shahrida mahalliy “Galatasaroy” va Serbiyaning “Srvena Zvezda” jamoalari o‘rtasidagi Yevroliga o‘yinidan oldin yirik mushtlashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “RTS” telekanali.
Turkiyalik bir guruh muxlislar “Abdi Ipekchi Arena” stadioniga kirgan 400 nafar serbiyaliklarga hujum qilgan. Ularga har xil tosh va buyumlarni otishgan, shundan keyin mushtlashuv boshlanib ketgan. Oqibatda 25 yoshli serbiyalik muxlisning ko‘kragiga pichoq bilan jarohat yetkazilgan.
Jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. Serbiyaning Istanbuldagi konsuli turk shifokorlari uning hayoti uchun qattiq kurashganini ta’kidlagan. Konsulning so‘zlariga ko‘ra, Belgradda bu dushmanlik harakati sifatida qabul qilingan. Uning aytishicha, Serbiya tomonining ogohlantirishlariga qaramay, o‘yin uchun xavfsizlik juda past darajada tashkillashtirilgan. Hozirda qolgan muxlislarni Serbiyaga eson-omon qaytarish yo‘lllari izlanmoqda.
Izoh (0)