Moskva Yadroviy sinovlarni butunlay taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma (YSBTSh)ning to‘liq ratifikatsiya qilinishi tarafdoridir. Bu haqda YSBTSh tashkiloti tayyorlov komissiyasi ijrochi direktori Lassina Zebro bilan uchrashuvda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Biz YSBTShni xalqaro xavfsizlik va barqarorlik tizimining muhim qismi deb bilamiz, ayniqsa yadroviy xavfsizlik va yadro qurolini tarqatmaslik sohasida. Biz avvalgidek shartnomaning to‘liq ratifikatsiya qilinishi tarafdorimiz”, − dedi Lavrov.
O‘z navbatida, Zebro Lavrovga Rossiyaning tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun amalga oshirayotgan harakatlari uchun minnatdorchilik bildirib, shartnoma ratifikatsiyasi borasida birgalikda ishlash lozimligini ta’kidlagan.
Izoh (0)