Germaniya hukumati 19-noyabr, chorshanba kuni NATO koalitsiyasining Afg‘oniston armiyasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha operatsiyasi yakunlangach, bu davlatga bundesver harbiy xizmatchilarini joylashtirish vakolatini ma’qulladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
2015-yilda 850 ga yaqin germaniyalik harbiylar Afg‘onistonga ko‘chirib o‘tkaziladi, ularning vazifasi Afg‘oniston xavfsizlik xizmatini o‘qitish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ladi.
Bundestag qonun loyihasini dekabrda ko‘rib chiqib, qabul qilishi kutilmoqda.
Izoh (0)