FIFA “Oltin to‘p” sovrindorini aniqlash uchun barcha mamlakat terma jamoalari bosh murabbiyi va sardorlari ovoz beradi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov bu boradagi tanlovini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Server JCh — 2014’da chempion bo‘lgan Tomas Myullerni birinchi o‘ringa loyiq deb topgan. Ikkinchi o‘ringa argentinalik Lionel Messi munosib ko‘rilgan. Kuchli uchlikni Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu yakunlab bergan.
Jeparov yilning eng yaxshi murabbiylariga quyidagi tartibda ovoz bergan:
- Karlo Anchelotti
- Xosep Gvardiola
- Joze Mourinyo
Eslatib o‘tamiz, g‘olibni taqdirlash marosimi 12-yanvar kuni Syurix shahrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)