Hindistonning Nyu-Deli shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan turnir davom etyapti. Musobaqada o‘zbekistonlik tennischi Sabina Sharipova ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazmoqda, deb xabar beradi “Olamsport”.
Turnirda 6-raqam ostida tasniflangan Sharipova asosiy to‘rning ilk davrasida hindistonlik tennischi Prartana Tombarega qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda Sabina 6:2, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Sabinaning chorak final yo‘lidagi raqibi 18-noyabr kuni hamyurti Jang Liuni 7:6, 6:1 hisobida taslim etgan xitoylik Jia-Jing Lu bo‘ladi.
Izoh (0)