“Katta yigirmalik” davlatlari yetakchilari 2015—2016-yillar uchun Korrupsiyaga qarshi harakatlar dasturini ma’qulladi. Bu haqda G20 sammiti bayonotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Biz ‘20 guruhi’ning iqtisodiy o‘sish va barqarorlikni oshirishga yordam beruvchi 2015—2016-yillar uchun mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi harakatlar dasturini ma’qullaymiz”, — deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, barcha harakatlar hamkorlik va shunga muvofiq tarmoq tuzilmalarini mustahkamlashga yo‘naltirilib, o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish, korrupsiya faoliyati daromadlarini qidirish va qaytarish, korrupsiyada ayblangan mansabdor shaxslar uchun “xavfsiz boshpana” berilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha olib boriladi.
“Biz davlat va xususiy sohalarning, shuningdek, benefitsiar mulkdorlikning tiniqligini ‘20 guruhi’ning benefitsiar mulkdorlik shaffofligiga doir oliy darajadagi tamoyillarini amalga oshirish orqali oshirish majburiyatini olamiz”, — deyiladi hujjatda.
Izoh (0)