2014-yilning 13—19-noyabr kunlari Operation Smile xalqaro xayriya tashkilotining Singapur Respublikasidagi bo‘linmasining malakali shifokorlari tomonidan Respublikamiz hududida tibbiy ko‘riklar va operatsiyalar o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi matbuot xizmati.
30 nafar plastik jarroh, anesteziolog, ortodantist, pediatr-anesteziolog, pediatr, pediatr-reanimatolog va boshqa mutaxassislar 14-noyabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida yuqori lab va qattiq tanglayning tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalarning umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rigini o‘tkazdi, 15—16-noyabr kunlari tanlab olingan bolalarda jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi.
Singapur Respublikasidan kelgan ushbu delegatsiya a’zolari o‘zlari bilan olib kelgan dori-darmon va sanitariya-gigiyena vositalari yordamida qo‘yilgan tashxislar asosida bemorlarni davoladi.
Shuningdek, 14-noyabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirligida, “Sog‘lom avlod uchun” fondi va Operation Smile xayriya tashkilotlari o‘rtasida yangi loyiha muhokamasi o‘tkazildi.
Izoh (0)