Samarqand viloyatining shu nomli tumanida o‘g‘rilik va bosqinchilik bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda “Pravda Vostoka” gazetasi.
Bir kuni tunda yuziga niqob taqqan o‘g‘rilar Samarqand tumanida yashovchi Qodir S. ismli shaxsning uyiga bostirib kiradi hamda undan pul va qimmatbaho taqinchoqlarni topib berishni talab qiladi. Kuchli jismoniy va ruhiy qiynoqlardan so‘ng uy egasi ularga barcha boyligini berib yuboradi. So‘ng bosqinchilar qochib qoladi.
Biroq jinoyat-qidiruv xodimlarining tezkor harakatlari sharofati bilan guruh a’zolari qo‘lga olindi. Ularning tumanda so‘nggi paytlarda ro‘y bergan boshqa shunday jinoyatlarga aloqadorligi ham aniqlandi. Hibsga olinganlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)