13-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi chaqirildi. Kecha yalpi majlisning birinchi ish kuni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z blogida aytib o‘tdi.
Amnistiya to‘g‘risidagi masala Senatning o‘n oltinchi yalpi majlisi birinchi ish kunida muhokamaga qo‘yilmadi. Lekin ushbu masala bugun, 14-noyabrda bo‘ladigan ikkinchi ish kuni kun tartibidan o‘rin olgan.
Demak, senatorlar bugun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risidagi masalani muhokama qiladi.
Izoh (0)