Ispaniya parlamenti keyingi haftada Falastin davlatini tan olish haqidagi rezolyutsiya bo‘yicha ramziy ovoz berishni o‘tkazmoqchi. Bu haqda Korrespondent.net xabar berdi.
Rezolyutsiya muhokamasi 18-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi, unda ko‘pchilik Falastinni tan olishni yoqlab chiqishi kutilmoqda.
Rezolyutsiya Isroil va Falastin o‘rtasidagi muzokaralarda muvaffaqiyatga erishishga hissa qo‘shish maqsadida qabul qilindi.
Dekabr oyida Fransiya parlamenti Falastin maqomi haqidagi masalani hal qiladi.
Izoh (0)