10-noyabr, dushanba kuni 52 yoshli ayol Rossiyaning Novosibirsk shahri metrosida yaqinlashib kelayotgan poyezd yo‘liga o‘zini tashladi, deya xabar bermoqda “TASS” IIVning Novosibirsk viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib. Ayol jabr ko‘rmagan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, ayol qarindoshlari bilan janjallashib qolgach, bunday xatti-harakatni amalga oshirgan.
Hodisa mahalliy vaqt bilan 10:08 (Toshkent vaqti bilan 9:08)da metropilitenning Lenin yo‘nalishi “Gagarinskaya” bekatida sodir bo‘lgan. Elektr poyezdlar harakati 17 daqiqaga to‘xtatib turilgan, so‘ng to‘liq qayta tiklangan.
Izoh (0)