Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining ismi va rasmi turli mahsulot ishlab chiqaruvchilari tomonidan tijorat maqsadlarida ishlatilishini ma’qullamaydi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
“Biroq bunday hodisalarga qarshi kurash kun tartibimizda asosiy masala emas”, — deya qo‘shimcha qildi Peskov.
Nashrning qayd etishicha, ayni paytda Rossiyada Putin surati tushirilgan kiyim-kchaklar to‘plamlari chiqarilmoqda. Bundan tashqari, Quddusda “Putin bar” muassasasi, Serbiyaning Novi-Sadida esa “Putin” kafesi faoliyat yuritadi. Putin ismi va rasmi tushirilgan tilla va titan smartfonlar, gadjetlar uchun g‘iloflar, idishlar, osma soatlar sotiladi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ketma-ket ikkinchi yil Forbes versiyasi bo‘yicha dunyoning eng nufuzli kishisi deb e’tirof etildi.
Izoh (0)