8-noyabr kuni Kanadaning ikkita qiruvchi samolyotlari Boltiq dengizi ustida Rossiya harbiy havo kuchlari samolyotini tutib qolish uchun o‘z mashg‘ulotlarini to‘xtatib turishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Litva harbiy havo kuchlari Aviatsiya bazasi qo‘mondoni matbuot kotibi Yeva Gulbinenega tayanib, “Yevropeyskaya Pravda” xabar bermoqda.
Kanadalik uchuvchilar Litva havo hududida va xalqaro suvlar ustida Rossiya HHK samolyotlarini tutib oldi va vizual ravishda aniqladi. Samolyot fotosuratga olindi.
NATO vakillari ta’kidlashicha, aniqlangan samolyot razvedka uchun qo‘llaniladi.
Izoh (0)