10-noyabr kuni Janubiy Koreya chegarachilari KXDR patruli qurolsizlantirilgan zona o‘rtasida belgilangan harbiy demarkatsiya chizig‘iga yaqinlashganida ogohlantiruvchi o‘t ochdi. Bu haqda Koreya respublikasi qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi vakiliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Shimoliy Koreya patruli esa javob o‘tini ochmadi va harbiy demarkatsiya chizig‘idan o‘z hududiga chekindi.
Ma’lum bo‘lishicha, taxminan o‘n nafar Koreya xalq armiyasi harbiy xizmatchilari harbiy demarkatsiya chizig‘iga yaqinlashib, qurolsizlantirilgan zonani belgilovchi taxtachalarni suratga ola boshlagan. Janubiy Koreya postlari bir necha o‘n marta ogohlantirish o‘qini otganidan uch soatcha o‘tib, KXDR askarlari butunlay o‘z hududiga qaytgan.
Izoh (0)