Xitoy Xalq Respublikasi o‘z ilmiy-tadqiqot va geologiya-qidiruv loyihalarini rivojlantirish uchun Antarktidada aeroport qurishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “TASS”.
Golbal Times jurnali bergan xabarga ko‘ra, aeroport qit’aning sharqiy qismidagi Xitoyning “Chjunshan” nomli ikkinchi tadqiqot stansiyasi yaqinida joylashadi. Uchish-qo‘nish yo‘lagi uzunligi va sig‘imi ma’lum qilinmagan.
Antarktidada 1984-yildan buyon tadqiqotlar olib borayotgan Xitoy janubiy qutbga ekspeditsiyalar uchun 1993-yilda Ukrainadan sotib olingan va “Syuelun” deb atalgan mamlakatdagi yagona muzyorar kemadan foydalanib keladi.
Joriy yilning aprel oyida uyushtirilgan ekspeditsiyada xitoyliklar “Tayshan” nomli to‘rtinchi stansiyani ochgan. U dengiz sathidan 2,6 kilometr balandlikda, “Chjunshan” va “Kunlan” stansiyalari o‘rtasida joylashgan. Shuningdek, beshinchi qutb stansiyasi qurilishi uchun ham joy aniqlangan.
Izoh (0)