Italiyadagi ommabop La Repubblica kundalik gazetasida sharhlovchi Donatello Takkonellining rang-barang suratlar ilova qilingan maqolasi chop etildi. Unda muallif o‘zbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi, mamlakatimizdagi me’moriy yodgorliklar, urf-odatlar va madaniyat haqida hikoya qiladi. Bu haqda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi sayti xabar berdi.
Unda ta’kidlanishicha, Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent O‘zbekistonga sayohat chog‘ida tashrif buyurilishi shart bo‘lgan shaharlardir. Maqolada ularning har biri ta’rif-u tavsif qilinadi.
Muallif o‘zining O‘zbekistonga safari taassurotlari bilan bo‘lishar ekan, rivojlangan sayyohlik infratuzilmasi, Sharq bozorining o‘ziga xos jihatlari, masjid va minoralarning go‘zalligi, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligini alohida tilga oladi.
Izoh (0)